Qur'onning ahamiyati haqida

"Yaratgan Robbing nomi bilan o'qi" - Qur'onning birinchi nozil qilingan surasidagi bu ilk so'zlarda, insonning qay vaqt va qaysi makonda yashashidan qat'iy nazar, uning qalbini tuzatishga qaratilgan kalit yashiringan.

Bu oyatlarda Alloh Taolo, o'zini tuzatish, isloh etish va omadga erishish istagida bo'lgan xar qanday kimsa uchun Qur'on va Sunnatni o'qib, yodlab hamda anglashdan boshqa yo'l yo'qligini uqtiradi.