Tajvid ilmi haqida

Tajvid - bu Qur'on oyatlarini arab tilida Payg'ambarimiz, Allohning u kishiga salom va salovotlari bo'lsin, qanday o'qigan bo'lsalar, shunday to'g'ri o'qishni o'rgatuvchi ilm.

Tajvidning maqsadi ba'zilar o'ylaganiday Qur'on o'qishni qiyinlashtirish emas. Aksincha, u Qur'onni o'qish va tushunishni osonlashtiradi. Bu shunday ilmki, Qur'on ma'nolarini sharhlashda xatolar kelib chiqmasligi uchun talaffuzni to'g'ri qilish va yahshilashni o'rgatadi.

Bundan tashqari, tajvid Qur'on oyatlarini eslab qolishni osonlashtiradi. Qur'on yoki uning biror qismini yodlamoqchi bo'lgan xar qanday inson, avvalo tajvidni o'rganib chiqishi va shu asnoda oyatlarni to'g'ri talaffuz etishi talab qilinadi.

Shunday qilib, biz anglaymizki, tajvid Qur'onni tushungan holda o'rganishga asos, uni to'g'ri o'qish, yodlash va tushunib olishda ajralmas qism bo'lib xizmat qiladi.